11:43 / 17.05.2023
21940

Qozog‘istonda YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi. Olti kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Foto: gazeta.uz

16 may kuni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Aqto‘be viloyati hududidan o‘tuvchi 824-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar organlarining media-markazi xabar berdi.

Toyota RAV-4 va Chevrolet Lacetti avtomashinalarining to‘qnashuvi natijasida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi - O‘zbekiston fuqarolari voqea joyida vafot etgan. Lacetti'dagi yana uch nafar yo‘lovchi va Toyota'da bo‘lgan er-xotin besh yoshli bolasi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yo‘l-transport hodisasi holati yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Mavzuga oid
Top