Qozoğiston ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova deputatlarning bolalar va ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni çeklaş taklifiga munosabat bildirdi. U tafsilotlarni hukumatdagi brifingda aytib ötdi, deb xabar qiladi Tengrinews.kz.
Jurnalistlar amaldordan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişi aynan qanday çeklanişi rejalaştirilayotganini söraşdi. Juldiz Suleymenovaning aytişiça, vazirlik bu masalani örganmoqda.
“Hozir çeklovlarni körib çiqyapmiz — bir neçta takliflar bor. Vazirlikda işçi guruh tuzildi. Biz bolalarni huquqqa xilof kontentdan himoya qilmoqçimiz, bu köpgina mamlakatlarda qöllanadi. Masala oçiq va jamoatçilik bilan muhokama qilinadi, jumladan ota-onalar, pedagoglar va OAV bilan ham”, — dedi Suleymenova.
Vazir, şuningdek, vazirlik qanday çoralarni körib çiqayotganini sanab ötdi:
- bolalar uçun SIM-kartalarni röyxatdan ötkaziş — kirişni nazorat qiliş uçun birinçi qadam;
- 14 yoşgaça bölgan bolalar foydalanadigan kontentni monitoring qiliş — huquqqa xilof materiallarni köriş va bloklaş uçun;
- maktablarda mediasavodxonlikni öqitiş — bolalarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanişni tuşuntiriş uçun.
“Bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni çeklaş masalasini media jamoasi va ota-onalar bilan muhokama qiliş kerak böladi. Işçi guruh allaqaçon tuzilgan, uning majlisini keyin batafsil ma’lum qilamiz”, — deya qöşimça qildi u.
Juldiz Suleymenova taşabbus hozirça muhokama bosqiçida ekanini, yakuniy qarorlar hali qabul qilinmaganini ta’kidladi.
Dekabr oyida Qozoğistonda 16 yoşdan kiçik foydalanuvçilarning onlayn-platformalarda röyxatdan ötişiga taqiq joriy etuvçi qonun loyihasi tayyorlangan edi. Hujjatni Madaniyat va axborot vazirligi işlab çiqqan. Keyinroq vazirlikda “taqiq bolalarni faqat ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötkazişga tatbiq etiladi”, deb aniqlik kiritildi.












