09:35 / 19.05.2023
4279

O‘zbekiston hududi orqali 2,8 mln tonna tranzit yuklari tashildi

Joriy yilning uch oyi mobaynida O‘zbekiston hududi orqali 2,8 million tonna tranzit yuklari tashildi.

Foto: Dunyo

2023 yilning yanvar-mart oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha tashilgan (avtomobil va temiryo‘l transportlarida) tranzit yuklarining hajmi 2 792,8 ming tonnani tashkil etdi.

O‘zbekiston statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilishicha,  ulardan 2 249,5 ming tonna yuk temiryo‘l transporti orqali (jami hajmga nisbatan 80,5 foiz) tashilgan.

Bundan tashqari, avtomobil transporti orqali 543,3 ming tonna yuk tashilgan (jami hajmga nisbatan 19,5 foiz).

Top