17:16 / 20.05.2023
11805

Xitoy o‘zbekistonliklarning mamlakatga kirish tartibini soddalashtirmoqchi

Foto: Getty Images

Xitoy O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirishini soddalashtirmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston va Xitoy rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda aytiladi.

«Tomonlar 2019 yilda Xitoy Xalq Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza tartibini soddalashtirish to‘g‘risida imzolangan bitim ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy hamkorlik uchun keng istiqbollarni ochib berganini ta’kidladilar. 

XXR Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga 10 kunlik vizasiz kirish rejimi bo‘yicha siyosatni yuqori baholaydi va O‘zbekiston fuqarolarining Xitoyga kirishini osonlashtirish choralarini ko‘rishga tayyor», — deyiladi hujjatda. 

Avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 40 dan ortiq hujjat imzolangani xabar qilingandi. 

Kuni kecha Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasining viza markazi ochilgani ma’lum bo‘ldi.

Aprel o‘rtalarida OAV Qozog‘iston va Xitoy o‘z fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy etishi haqida xabar bergan edi. Shartnomaga ko‘ra, qozog‘istonliklar Xitoyda vizasiz, XXR fuqarolari esa Qozog‘istonda chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kundan ko‘p bo‘lmagan va 180 kun ichida 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz bo‘lishlari mumkin. 

Top