12:25 / 23.05.2023
6555

O‘zbekistonda 4 oyda qazib olingan neft hajmi ma’lum qilindi

Mamlakatda joriy yil yanvar-aprel oylari mobaynida yirik korxonalar tomonidan 258,5 ming tonna neft qazib olindi.

Foto: AP

O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 258,5 ming tonna neft qazib olindi

O‘zbekiston Statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davridagiga nisbatan 4,3 foizga oshgan.

2023 yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 63 ming tonna neft qazib olingan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,3 mlrd dollarga yoki 13,4 foizga oshgan.

Statistika agentligiga ko‘ra, 4 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 7,7 mlrd dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, respublika tashqi savdo aylanmasi hajmida import ko‘rsatkichi 11,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Mavzuga oid
Top