13:07 / 25.05.2023
12045

Germaniya iqtisodiyotida retsessiya boshlandi

Statistika xodimlari Germaniya yalpi ichki mahsulotining ikki chorak ketma-ket pasayishini qayd etishdi. Bu Germaniya iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutganini anglatadi.

Foto: AP

Germaniya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida yana qisqardi. Federal statistika boshqarmasi 25 may, payshanba kuni Germaniya yalpi ichki mahsulotini noldan minus 0,3 foizga kamaytirish bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarni o‘zgartirdi. «Natijada, Germaniya iqtisodiyoti ketma-ket ikki chorakni salbiy natija bilan qayd etdi va amaldagi terminologiyaga ko‘ra, retsessiyaga yuz tutdi», — deyiladi idora bayonotida. 

2022 yilning to‘rtinchi choragida Germaniya yalpi ichki mahsuloti o‘tgan chorakka nisbatan 0,5 foizga kamaydi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, narxlarning davom etayotgan yuqori o‘sish sur’atlari joriy yil boshida Germaniya iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etdi. 

Bu, ayniqsa, xususiy iste’mol xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi - joriy yilning birinchi choragida ular 1,2 foizga kamaydi. «O‘tgan chorak bilan solishtirganda xususiy uy xo‘jaliklari oziq-ovqat, ichimliklar, kiyim-kechak, poyabzal va mebel sotib olishga kamroq mablag‘ sarflagan», - deb ta’kidladi statistika xodimlari. Iste’molchilar yangi mashinalarni kamroq sotib olishdi. 

Iste’molga bo‘lgan davlat xarajatlari ham o‘tgan chorakka nisbatan 4,9 foizga sezilarli darajada kamaydi. 

Shu bilan birga, tashqi savdodan ijobiy impulslar olindi – korxonalar tomonidan 2022 yilning o‘tgan choragiga nisbatan 0,4 foizga ko‘p mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. 

Top