09:59 / 31.05.2023
6290

Profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasini qisqartirish rejalashtirilyapti

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyiha muhokamasi 2023 yil 8 iyungacha davom etadi.

Loyiha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilikni unifikatsiya qilishga qaratilgan. Jumladan, loyiha bilan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar yagona qonunga birlashtirilmoqda.

Loyihaga muvofiq, profilaktik hisobga qo‘yiladigan shaxslar doirasi qisqarmoqda. Mazkur chorani ayblilik masalasini hal etmasdan turib jinoyat ishi tugatilganda, mayda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga va boshqa holatlarda qo‘llamaslik belgilanmoqda.

Mazkur qonun qabul qilingan taqdirda 368,6 ming nafardan ziyod shaxslarga nisbatan (barcha profilaktik hisobda turganlarning  57,6 foizi) profilaktik hisob bekor qilinadi.

Top