Prezident tomonidan «Özbekiston prezidenti va hukumatining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalarni kiritiş töğrisida»gi farmon imzolandi.
Endilikda:
profilaktika inspektorini lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod etiş, staji va tajribasini inobatga olgan holda mahallaga biriktiriş hamda mahalla orasida rotatsiya qiliş Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB hamda viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlari tomonidan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi (profilaktika inspektori lavozimidan katta profilaktika inspektori lavozimiga ötkaziş bundan mustasno);
Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vazirligi, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB va viloyatlar içki işlar boşqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmalari boşliqlari va ularning örinbosarlari hamda ijtimoiy profilaktika bölim boşliqlari IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelişilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi (yuqori turuvçi rahbarlik lavozimiga ötkaziş holatlari bundan mustasno).
«Içki işlar vazirligi moliya va moddiy texnika ta’minoti boş boşqarmasi maişiy işlab çiqariş kombinati» DUK davlat aksiya paketlari (uluşlari) töliqligiça ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar röyxatidan çiqarilmoqda.
Tibbiyot xodimlariga belgilangan moddiy rağbatlantiriş tartibi 2024 yil 1 yanvardan boşlab IIV tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus harbiy unvonga ega bölgan xodim hamda harbiy xizmatçilardan taşqari) nisbatan ham tatbiq etiladi.











