21:05 / 31.05.2023
22565

«Real» – jahonning eng qimmat klublari reytingida yetakchi

Forbes nashri jahonning eng qimmat klublari ro‘yxatini e’lon qildi. 

Foto: Getty Images

Unga ko‘ra, Madridning «Real» klubi 6,07 milliard AQSh dollari narx bilan ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda. «Manchester Yunayted» klubi esa 6 milliard narx bilan bu borada ispan klubini ta’qib etmoqda. Uchlikni esa «Barselona» yopib bergan – 5,51 milliard dollar.
 
To‘rtinchi o‘rinda «Liverpul» (5,29 mlrd), beshlikdan esa «Manchester Siti» (4,99 mlrd) joy olgan.

Top-10likdan «Bavariya» (4,86 mlrd), «PSJ» (4,21 mlrd), «Chelsi» (3,1 mlrd), «Tottenhem» (2,8 mlrd) va «Arsenal» (2,26 mlrd) ham o‘rin olgan.

Top-20likka esa «Yuventus» (2,16 mlrd), «Borussiya» Dortmund (1,93 mlrd), «Atletiko» (1,54 mlrd), «Milan» (1,4 mlrd), «Vest Hem» (1,08 mlrd), «Inter» (1,03 mlrd), «Los-Anjyeles» (1 mlrd), «Los-Anjyeles Gelaksi» (925 mln), «Atlanta Yunayted» (850 mln) va «Kristal Pelas» (806 mln) kiritilgan.

Top