Jahon | 23:59 / 20.12.2025
1301
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Maskning  700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi insonga aylandi

Atigi besh kun oldin, 15 dekabr kuni u 600 mlrd dollardan ortiq boylikka erishgan tarixdagi birinchi inson bo‘lgandi.

Foto: Getty Images

SpaceX asoschisi Ilon Mask boyligi 700 mlrd dollardan oshgan tarixdagi birinchi inson bo‘ldi, deb yozmoqda Forbes.

Yangi rekord Tesla aksiyalaridagi opsionlarning Maskka tegishli emas deb topgan quyi sud hukmini bekor qilgan Delaver shtatining qarori bilan bog‘liq.

Ayni paytda ushbu aksiyalar narxi 139 mlrd dollarni tashkil etadi va Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, Maskning boyligi 749 mlrd dollarga yetdi. 

Atigi besh kun oldin, 15 dekabr kuni u 600 mlrd dollardan ortiq boylikka erishgan tarixdagi birinchi inson bo‘lgandi.

Oktyabrda esa u tarixda birinchi bo‘lib boyligi 500 mlrd dollarga yetgan shaxs sifatida qayd etilgandi.

Multimilliarder ilk bor 2021 yilda Forbesʼning dunyodagi eng boy insonlar reytingida birinchi o‘rinni egallab, Amazon asoschisi Jyef Bezosni ortda qoldirgandi. O‘sha paytda jurnal uning boyligini 271,3 mlrd dollarga baholagan.

2021 yil noyabr oyida Maskning boyligi 300 mlrd, 2024 yil dekabrda 400 mlrd dollarga yetgan. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask 2033 yil martiga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

Mavzuga oid