10:27 / 31.05.2023
8625

YeI va AQSh Polshaning Moskva ta’siri bilan kurashish bo‘yicha qonunini tanqid qildi

Tanqidchilarning fikricha, konservativ Polsha hukumati parlament saylovlariga bir necha oy qolganida muxolifat yetakchisini obro‘sizlantirishga urinmoqda.

Foto: Getty Images

Varshava tomonidan Rossiyaning respublikadagi xavfsizlikka ta’sirini o‘rganuvchi komissiya tuzish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi Yevropa Ittifoqi va AQShda keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. 30 may, seshanba kuni Adliya masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Dide Reynders qonunning qabul qilinishi “katta xavotirga sabab bo‘layotganini” aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun maxsus komissiyaga Polsha fuqarolarini sud nazoratisiz davlat lavozimiga saylanish huquqidan mahrum qilish imkoniyatini beradi.

AQSh Davlat departamenti qonun Polshada erkin va adolatli saylovlarga to‘sqinlik qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. “Biz ko‘plab kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan xavotirga qo‘shilamiz, bu qonun <...> muxolifatdagi siyosatchilarning tegishli tartibsiz nomzodlari ilgari surilishi oldini olish uchun ishlatilishi mumkin”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Tanqidchilarning fikricha, Polshaning konservativ hukumati parlament saylovlariga bir necha oy qolganida muxolifat yetakchisi, sobiq bosh vazir Donald Tuskni obro‘sizlantirishga urinmoqda.

Ayni paytda, Polsha Tashqi ishlar vazirligi tanqidni rad etib, uni yangi qonunning noto‘g‘ri talqini deb atadi.

Top