Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun Polsha chegarasida alohida yo‘lak ochish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Polshani o‘z mahsulotlarining Yevropa bozorlariga chiqishi uchun asosiy yo‘nalish sifatida ko‘radi. Prezident logistika xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, Brest chegara punktida alohida logistika yo‘lagi tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Foto: Transport vazirligi
Bugungi geosiyosiy vaziyat sharoitida Yevropaga yuk tashish xarajatlari ikki baravar oshdi, bu esa O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Bu borada Polsha Yevropa bozorlariga kirib borish uchun eng asosiy darvoza hisoblanishi, ushbu mamlakatdagi elchimiz logistika xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishi kerakligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga polshalik hamkasblari bilan Brest chegara punktida o‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun alohida yo‘lak ochish masalasida kelishuvga erishish topshirildi.
Bundan tashqari, mas’ul vazirliklarga O‘zbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish topshirildi.
Ruminiyaning Konstansa shahrida savdo uyini tashkil etib, 2026 yilda ushbu davlatga eksportni 2 karra oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
16:09 / 06.02.2026
Pokiston poytaxti Islomoboddagi masjidda kuchli portlash sodir etildi
15:20 / 06.02.2026
Shavkat Mirziyoyev «Nishoni Pokiston» oliy mukofoti bilan taqdirlandi
14:54 / 06.02.2026