21:50 / 04.06.2023
22000

40 yillikdagi eng yirik temiryo‘l falokati. Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatlari suratlarda

2 iyun kuni Hindistonning Balasor shahri (Odisha shtati) yaqinida uchta poyezd to‘qnashdi. Dastlabki tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, Kalkuttadan Chennayga tomon harakatlangan Coromandel Express katta tezlikda asosiy yo‘ldan yondagi aylanma yo‘lga o‘tib (poyezdlarga turargoh sifatida mo‘ljallangan), u yerda turgan yuk poyezdiga urilgan. Coromandel Express lokomotivi va to‘rt yoki besh vagoni relsdan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlanib kelgan Yyeshvantpur — Xovra yo‘nalishidagi poyezdning dum qismidagi ikki vagonga urilgan. Hindiston temiryo‘l vaziri taxmin qilishicha, tartibga solish tizimidagi nosozlik avariyaga olib kelgan. Mamlakat rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi natijasida kamida 275 kishi halok bo‘lgan, yana 1175 kishi jabrlangan (793 kishiga shifoxonadan javob berilgan). Qutqaruv ishlari yakunlangan, ammo ayrim oilalar hamon o‘z yaqinlarini qidirishni davom ettirmoqda. Quyida poyezdlar halokatga uchragan joydan olingan suratlar. 

Balasor atrofida uchta poyezd to‘qnashgan joydagi qutqaruvchilar va harbiylar. 2023 yil 3 iyun
Dibyangshu Sarkar / AFP / Scanpix / LETA
Javed Dar / Xinhua / Scanpix / LETA
Havodan olingan surat: qutqaruvchilar va ekskavatorlar avariya joyida. 2023 yil 4 iyun
Punit Paranjpe / AFP / Scanpix / LETA
Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy kuchlari olib borayotgan qutqaruv amaliyotini kuzatayotgan kishilar. 2023 yil 3 iyun
Piyal Adhikary / EPA / Scanpix / LETA
Temiryo‘l bo‘yida yotgan vayrona holdagi vagonni ko‘zdan kechirayotgan ayol. 2023 yil 4 iyun
Abhishek Chinnappa / Getty Images
Piyal Adhikary / EPA / Scanpix / LETA
Hind harbiylari poyezdlar vayronalari orasidan omon qolganlarni qidirmoqda. 2023 yil 3 iyun
Dibyangshu Sarkar / AFP / Scanpix / LETA
Poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlarni suratga olayotgan kishi. Jasadlar shu atrofdagi biznes-parkda vaqtincha tashkil etilgan o‘likxonaga joylashtirilgan.
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Poyezdlar to‘qnashuvida halok bo‘lganlarning jasadlarini biznes-parkka tashishda yordamlashayotgan ko‘ngillilar. Ularni avvaliga mahalliy maktab binosiga yig‘ishgandi. 2023 yil 3 iyun
Abhishek Chinnappa / Getty Images
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETA
Yaralanganlar yotqizilgan shifoxona. 2023 yil 4 iyun
Abhishek Chinnappa / Getty Images
Yo‘lovchilardan birining qarindoshi qurbonlarning jasadlari aks etgan fotosuratlarni qarab chiqmoqda. 2023 yil 4 iyun
Punit Paranjpe / AFP / Scanpix / LETA
Halokat joyi yaqinidagi maktab sinfxonasi polidagi qon dog‘lari, jasadlar dastlab shu yerga to‘plangandi. 2023 yil 4 iyun
Rafiq Maqbool / AP / Scanpix / LETA
Top