13:15 / 07.06.2023
9264

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashi mumkin

Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

"Ta’lim nazorati" kanali xabariga ko‘ra, ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan "Abituriyent-2023" ko‘rsatuvida javob berilgan.

Bildirilishicha, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Bunda, 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun: 1-yo‘nalishni kunduzgi, 2-yo‘nalishni kechki, 3-yo‘nalishni sirtqi, 4-yo‘nalishni masofaviy.

Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar:  "davlat granti" yoki "ta’lim yo‘nalishi" bo‘yicha.

Mavzu
Qabul-2023
2022/23 o‘quv yili uchun ixtisoslashgan va prezident maktablari, kollejlar, texnikumlar, bakalavriat va magistraturaga qabul hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklar.
Barchasi
Top