Yunusobod dehqon bozoriga tutash do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi
Do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kvadrat metr maydonda old tomon qismi yonib zararlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan dehqon bozorga tutash do‘kon va dorixonada yong‘in yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va soat 13:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kvadrat metr maydonda old tomon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam
Jahon | 08:20
-
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Jahon | 07:40
-
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 07:32
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
Mavzuga oid

23:10 / 28.06.2025
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

14:43 / 27.06.2025
Noqonuniy yoqib yuborilgan dala maydonlari hajmi ma’lum qilindi

13:10 / 26.06.2025