Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Bu menga qarshi ovga juda o‘xshash siyosiy jodugarlar ovi - AQSh prezidenti.
AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir bor Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlarini olib tashlashga chaqirdi.
Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida Tramp 2019 yildan beri Netanyahuga qarshi davom etayotgan korrupsiya bo‘yicha sud jarayonlari haqida bayonot berdi.
Isroilning «urush qahramoni» deb atagan Netanyahuga qilayotgan ishlari «dahshatli» ekanini da’vo qilar ekan, Tramp u Eron yadroviy tahdidini «muvaffaqiyatli» bartaraf etishda «AQSh bilan yaxshi ishlagani»ni va «ikki davlatni g‘alabaga yetaklaganini» ta’kidladi.
«Qanday qilib Isroil bosh vazirini hech qanday sababsiz kun bo‘yi sud zalida o‘tirishga majbur qila olasiz? Bu xuddi menga qarshi ovga o‘xshash siyosiy jodugarlar ovi», — dedi u.
Netanyahu HAMAS bilan mahbuslar bo‘yicha muzokara olib borayotganini eslatgan Tramp, buning Eron va HAMAS bilan muzokaralarga to‘sqinlik qilishini bildirgandi.
Tramp: «Nazoratdan chiqib ketgan prokurorlarning Binyamin Netanyahuga qilgani aqldan ozishdir», deb yozdi.
Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar «Isroilni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga milliardlab dollar sarflaydi». Prezident sud da’volarini to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026