Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:29 / 15.06.2023
7137
2 daqiqa o‘qiladi
Bir qator xizmatlar uchun litsenziya olishda davlat boji kamaytirildi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziya olganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 25 000 baravari etib belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Quyidagi xizmatlar uchun litsenziya olishda to‘lanadigan davlat boji miqdorlari kamaytirildi:
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 170 baravari (56 mln 100 ming so‘m). Ilgari BHMning 340 baravari edi;
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish – BHMning 10 baravari (3 mln 300 ming so‘m). Ilgari BHMning 20 baravari edi;
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi;
- teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish – BHMning 75 baravari (24 mln 750 ming so‘m). Ilgari BHMning 150 baravari edi.
Mavzuga oid
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
08:30 / 19.01.2026
Yevroittifoq Grenlandiya sabab AQShga qarshi javob bojlari tayyorlamoqda
22:43 / 17.01.2026
Tramp Yevropaning qator mamlakatlariga nisbatan bojlar kiritilishini e’lon qildi
09:21 / 04.12.2025