O‘zbekiston | 07:25 / 27.06.2023
4793
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriya O‘zbekistonda ikkita yirik loyihani amalga oshiryapti

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Avstriyaning Lasselsberger Group kompaniyasi bosh direktori Yozef Lasselsberger bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan ma’lum qilinishicha, Yozef Lasselsberger mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. «So‘nggi paytlarda biz O‘zbekiston rahbariyatining xorijiy sarmoyadorlarga ko‘rsatilayotgan alohida qo‘llab-quvvatlashini his qilmoqdamiz», - dedi u.

Uchrashuvda Qashqadaryo viloyatida mikrokalsit va Samarqand viloyatida katta formatli keramogranit mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha tashabbuslarini amalda hayotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini kelishib oldi.

1957 yilda tashkil etilgan Lasselsberger Group qurilish materiallari, keramika va minerallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda u 26 mamlakatda 30 ta ishlab chiqarish zavodiga ega. Yillik aylanmasi – 20 milliard dollar.

Mavzuga oid