O‘zbekiston | 08:07 / 12.07.2023
3298
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya qurilish va oziq-ovqat sohasiga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilmoqchi

O‘zbekiston va Yaponiya migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Foto: Kun.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Yaponiyaning Human resources kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qurilish va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohalariga bir yilda ming nafargacha O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tarzda ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid