2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 1,7 mln kishi.
Shuningdek:
- dam olish — 248,3 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 19,5 ming kishi;
- davolanish — 15,3 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 6,8 ming kishi.