TQ: Maxachqal’adagi portlash bo‘yicha versiya - o‘g‘it saqlash qoidalarini buzish
Tergovchilarga ko‘ra, Maxachqal’adagi portlashga tez alangalanuvchi o‘g‘it sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Musa Salgereyev/TASS Chitayte na WWW.STAV.KP.RU: https://www.stav.kp.r
Tergovchilar Maxachqal’ada 35 kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash joyini dastlabki tekshirishni yakunladi. Bu haqda 15 avgust, seshanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi (TQ) ma’lum qildi. Voqeaning bir nechta versiyasi ko‘rib chiqilmoqda, jumladan, «yong‘in xavfli xususiyatlarga ega bo‘lgan agrokimyoviy moddalarni saqlash qoidalarini buzish», deya ma’lum qildi TQ.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in avtoservis binosida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida boshlangan. «Yong‘in yaqin atrofdagi binoga tarqalgan. U yerda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tez alangalanuvchi o‘g‘it saqlangan, natijada portlash sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida odamlar halok bo‘lgan va jarohatlangan, yaqin atrofdagi binolar, yonilg‘i quyish shoxobchasi, o‘tish joylari, avtomobillarga zarar yetgan», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.
Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov qo‘mitasining qo‘shimcha qilishicha, portlash sabablari bo‘yicha yakuniy xulosalar tergov harakatlari va tayinlangan ekspertiza natijalari asosida chiqariladi.
100 dan ortiq odam jarohatlangan
Maxachqal’a shimolidagi Qumtorkalin tumanida 14 avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida 35 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni 102 kishiga yetdi. Dog‘istonda 15 avgust motam kuni deb e’lon qilindi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushning iqtisodiy jihatlari: Eron va Isroil milliardlab dollar yo‘qotdi
Jahon | 18:18
-
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi
Jahon | 18:13
-
Toshkent – Bali yo‘nalishida birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshirildi
Jamiyat | 18:00
-
Eron oliy rahbari Isroil va AQSh ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi
Jahon | 17:53
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025