Moskva yaqinidagi Balaşixa şahrida köp qavatli turar joy binosi hovlisida avtomobil portlab ketdi. Huquq-tartibot idoralariga yaqin hisoblangan Baza, Shot va Mash telegram-kanallari avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilma harakatga keltirilişi oqibatida RF qurolli kuçlari boş ştabi boş operativ boşqarmasi boşliği örinbosari Yaroslav Moskalik halok bölgani haqida xabar berdi.

Portlaş 25 aprel tongida, Aviatorlar mikrorayonida joylaşgan uy hovlisida röy bergan. «Agenstvo» qayd etişiça, bu mikrorayon harbiy pensionerlar uçun kvartal sifatida loyihalaştirilgan. Msk1 naşri suhbatdoşlari ham hududda asosan harbiylar istiqomat qilişini aytişgan.

Baza va «112» ma’lumotiga köra, uylardan birida turgan Volkswagen Golf avtomobili soat 10:40 atrofida portlab ketgan. Voqea joyida olingan kadrlarga köra, uşbu binoning quyi qavatlarida joylaşgan kvartiralarning derazalari tökilib ketgan, şuningdek, atrofda turgan avtomobillar şikastlangan. Portlaşdan keyin «Volkswagen» yonib ketgan, köp ötmay qutqaruvçilar olovni öçirişgan.

Portlaşdan keyin darhol OAVda bir qurbon haqida xabar berildi. Ammo, «Kommersant» ma’lumotiga köra, ularning soni ikki nafar bölişi mumkin — portlagan avtomobil haydovçisi va uning maşinadan endi çiqqan yölovçisi. Boşqa manbalarda ikkinçi qurbon ham bölgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

Telegram-kanallar maşina general Moskalik pod’yezddan çiqib kelganida portlab ketganini yozişgan. Avvaliga, halok bölgan kişi ötkinçilardan biri bölgani, maşinada esa gaz ballon portlagan bölişi mumkinligi aytilgandi. Ammo ekspertlar qölbola portlovçi qurilma bölaklari va şikastlovçi elementlarni topganidan keyin bu versiya yöqqa çiqdi
parçalanib ketgan. TASS agentligi ham operativ xizmatlarga tayanib, «Volkswagen»da qölbola portlovçi qurilma portlagani haqida xabar berdi.

Tergovçilar taxminiga köra, portlovçi qurilma örnatilgan maşina harbiy mulozim yaşagan uy pod’yezdi qarşisiga qöyib ketilgandi, deb yozadi Shot. «Agenstvo» naşri sizdirilgan ma’lumotlarni örganib çiqib, Moskalik Nesterov xiyobonidagi 2-uyda yaşaganini tasdiqladi. Mash ma’lumotiga köra, bomba avtomobilga gaz ballon uskunasi yoniga joylaştirilgan, u masofadan turib faollaştirilgan.

«Izvestiya» hamda unga yaqin bölgan «112» telegram-kanali portlaş çoğida olingan kadrni tarqatdi. Unda maşinaga kimdir yaqinlaşganida portlaş röy berganini köriş mumkin.