Olimlar ko‘k nurni to‘suvchi «kompyuter ko‘zoynaklari» foydali ekanini rad qildi
Bu shunchaki marketing uydirmasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images
Xalqaro olimlar jamoasi ekranlardan ko‘k nurni to‘sib qo‘yuvchi «kompyuter ko‘zoynaklari» xususiyatlarini sinovdan o‘tkazdi va ular aslida ko‘zni himoya qilish uchun foydasiz degan xulosaga keldi.
Melburn universiteti (Avstraliya), Monash universiteti (Avstraliya) va London Siti universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotchilari olti mamlakatdagi hamkasbining 17 ta maqolasini o‘rganib chiqdi. Tadqiqot ko‘lamiga qarab, 5 nafardan 156 nafargacha kishi bir kundan besh haftagacha kuzatib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ularning hech birida ko‘k nurni to‘suvchi ko‘zoynakning samarali ekani haqida ishonchli dalillar yo‘q. Ular ko‘zning umumiy holatiga ta’sir qilmaydi, uyqu sifatini yaxshilamaydi va reklamalarda aytilganidek, ko‘zning vizual qobiliyatini oshirmaydi.
«Inson ko‘zi sun’iy manbalardan, masalan, kompyuter ekranidan oladigan ko‘k yorug‘lik miqdori tabiiy kunduzgi yorug‘lik nurining mingdan bir qismini tashkil qiladi. Shuni ham yodda tutish kerakki, ushbu ko‘zoynaklar ma’lum bir mahsulotga qarab, faqat 10-25 foiz ko‘k nurni filtrlashi mumkin. Yanada samarali bo‘lishi uchun ularning linzasi xuddi qahrabo kabi to‘q sarg‘ish rangga ega bo‘lishi kerak, bu esa ranglarni ilg‘ash qobiliyatiga sezilarli ta’sir qiladi», dedi Shumer Singx, tadqiqotning yetakchi muallifi.
Olimlar qat’iy xulosalar chiqarish uchun kengroq tadqiqot o‘tkazish kerakligini tan olishadi. Misol uchun, ko‘zoynakni uzoq muddat ishlatishning samarasi bo‘yicha hech qanday xulosa yo‘q. Biroq, oraliq natijalar ko‘zlarni ko‘k nurdan himoya qilish - ko‘zoynak sotuvchilar tomonidan ixtiro qilingan afsona ekanini tushunish uchun yetarli.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
Jamiyat | 09:39
-
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:22
-
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
Jahon | 09:11
-
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekiston | 08:40
Mavzuga oid

09:32 / 26.04.2025
Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi

16:34 / 13.02.2025
Inson hayoti va sog‘ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi

18:16 / 11.12.2024
Olimlar umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomini aytdi

18:46 / 08.11.2024