Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bir kunda uç mahal ovqatlanişni (nonuşta, tuşlik, keçki ovqat) tavsiya etadi. Bunda keçki tamaddi uyqudan 2-3 soat oldin va yengil bölişi lozim. Şu bilan birga, nonuştaning örni juda muhim bölib, undan voz keçiş soğliq bilan boğliq jiddiy muammolarga olib kelişi mumkin, deb ogohlantirdi rossiyalik endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi va diyetolog Oksana Mixaleva.

Mutaxassis ta’kidlaşiça, işga yoki öqişga ketişda nonuşta qilmaydigan odamlar köpinça töğri ovqatlanmaydi, keçqurun ularning iştahasi kuçayadi. Natijada, ular odatda haddan taşqari köp ovqat yeb qöyadi, çunki organizm kun davomida yetarli kaloriya yoki zarur ozuqa moddalarini olmagan böladi.

“Ular kun davomida nimadir tamaddi qilişi, hatto fast fud yeyişi mumkin, lekin töyimli va soğlom ovqat yemagani sababli baribir oç qoladi. Keçqurun va uyqudan oldin bir neça marta ovqatlaniş vazn, semizlik va ikkinçi turdagi diabet bilan boğliq muammolarga olib kelişi mumkin”, — deb ogohlantirdi mutaxassis.

Şuning uçun keçqurun haddan taşqari köp yeyişga moyil odamlar ovqatlaniş tartibiga, ya’ni nonuşta, tuşlik va keçki ovqatga rioya qilişi maqsadga muvofiq ekani aytilmoqda. Şu bilan birga kuniga ikki mahal ovqatlaniş (soat 11-12 oraliğida nonuşta qiliş, keçki ovqatni vaqtliroq yeyiş) böyiça tavsiyalar ham mavjud. Faqat bunda taom kaloriya va oziq moddalarga boy bölişi kerak. Bunday tartib oçlik xurujlarini his qilmaydigan va haddan taşqari köp ovqatlanişga moil bölmagan odamlar uçun mos kelişi mumkin.

Nonuşta qilmaslikka yana bir sabab şuki, keçqurun juda köp ovqat iste’mol qilgan odam tun davomida oçiqişga ulgurmaydi va natijada ertalab nonuştaga ehtiyoj sezmaydi. Ammo diyetologning ogohlantirişiça, bu keçqurun haddan taşqari köp ovqatlaniş va ertalab iştaha yöqolişidan iborat aylanma jarayonni keltirib çiqarişi mumkin.

“Şu sababdan nonuştani ötkazib yubormaslik kerak. Lekin siz soğlom bölsangiz va keçroq nonuşta qiliş yoki umuman nonuştasiz yuriş qulay bölsa, bu yomon emas. Deylik, işxonaga kelib tölaqonli ovqatlansangiz, bu sizni ortiqça ovqatlanişga, quvvat tanqisligiga hamda turli ozuqa moddalari yetişmasligiga olib kelmasa, bu ham yaxşi variant”, — deya ta’kidladi mutaxassis.

Nonuştadan voz keçiş soğlom odamlar uçun jiddiy oqibatlarga olib kelmasa-da, ortiqça ovqatlanişga moyil kişilarda semiriş va ikkinçi turdagi qandli diabet rivojlanişi xavfini tuğdirişi mumkin, deya xulosa qildi şifokor.