Börijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi örindami?
|14:39 / 23.05.202535 96111 min
Toşkentdagi Börijar kanalida oqib ketayotgan qizni qutqargan erkak çökib ketdi. Minglab daraxtlarning kesilişi va xavfsizlik talablarining bajarilmasligi bilan keçgan obodonlaştiriş işlari ortidan kanal qirğoqlari xavfli bölib qolgan. Loyiha avvalboşdan yopiq qaror asosida boşlanib, aholi e’tirozlariga sabab bölib kelayotgandi.
Toşkent şahridagi Börijar kanalining ikki qirğoğini rekonstruksiya qiliş işlari xavfsizlik talablariga rioya etmagan holda olib borilgani, kanal qirğoqlaridagi minglab daraxtlar kesib taşlangani 5 may kuni fojiaga olib keldi.
Soat 18:00 larda kanalning Belariq mahallasidan oqib ötuvçi qismida (“Özbekfilm”ning orqa tomoni) bolalarni qutqariş uçun suvga tuşgan 43 yoşli erkak çökib ketdi.
Yaqinlarining Kun.uz'ga aytişiça, marhum Abdumannop Samiqov suzişni yaxşi bilgan, lekin qirğoq böyida daraxtlar qolmagani, ularning örnini sirpançiq beton egallagani, qirğoqning muayyan masofalarida favqulodda holatlarga möljallangan joylar taşkil etilmagani fojiaga sabab bölgan.
Ötgan yili kuzda boşlangan rekonstruksiya davomida xavfsizlik ta’minlanişi uçun kanal yoqalari tösib qöyilmagan. Natijada 7-8 yoşlardagi ikki qiz kanal qirğoğiga tuşgan, ulardan biri oyoğini höllayotgan mahal sirpanib suvga tuşib ketgan. Oqim qizaloqni kanal örtasiga olib ketgan. Yonidagi qiz yordam bermoqçi bölib, özini suvga taşlagan, lekin u qirğoq böylab oqib borgan.
Bolalarning qiçqiriqlarini eşitgan, şu yaqin atrofda yaşovçi Darya Grapinenkova özini suvga taşlagan qizni tinçlantirib, qöliga xoda bergan, lekin betonlaşgan kanal juda sirpançiq ekani va boşqa noqulayliklar sabab, qizlar kanalda oqib ketaverişgan. Oqim bilan ketayotgan birinçi qizning hayotini saqlab qoliş uçun marhum Abdumannop Samiqov özini suvga taşlagan.
Holat qanday sodir bölganini uning ögay öğli Saidakbar Abduvaliyev sözlab berdi.
“Qizni kanalning örtasidan çetiga olib çiqdilar. Ularga yordamlaşiş uçun qirğoqdagi tayoq, yoğoçlarni uzata boşladim, öxşamadi. Keyin “arqon ber” dedilar, Suv oqimi yaxşigina kuçli, hozir uyga kirib arqonni qidirgunimça , ular yana oqib ketaverardi. Dadamning hollarini kördim, holsizlanib ketdi. Keyin kanalga özimni otdim. Qizni oldim. Şunaqa xayol ötyapti, qizni men olsam, çarçab qolsam dadamlarga beraman, almaşib-almaşib çiqib olamiz degan fikrda edim. Beton yuzasi juda sirpançiq. Keyin qöşnimiz Saşa xuddi dadamga reyka uzatganim kabi yordam berişni boşladi, öxşamadi, keyin yöldan bitta tönkani suvga otdi. Biz tönkaning ustiga çiqdik, oxirgi marta dadamni şu yerda kördim”, –
Mavzuga oid
deydi Abduvaliyev.
Bu orada, şu atrofdagi otxonaning ikki xodimi arqon bilan kelib, dastlab bolalarni, keyin marhumning öğlini suvdan çiqarib olişgan. Voqea joyiga uçastka noziri yetib kelgan, Abduvaliyev tez yordam va FVVga xabar bergan.
“Favqulodda vaziyatlar xodimlarining harakati yöq: 40 minut, 1 soatlarda keldi. Kanalning ikki tarafiga bölinib olişgan. Ğavvos qani desa, xotirjam, hozir kelyapti deydi. Onam qani kim topadi, suvga tuşadigan odam bormi desa, yelkasini qisyapti”, – deydi marhumning farzandi.
Saidakbar Abduvaliyevning sözlariga köra, har 100 yoki 200 metrda zina bölganda, bunaqa fojia bölmasdi.
“Oldingi daraxtlar bor paytida dadam bilan çömilib yurardik. Hozir heç qanday şaroit yöq, bu loyihaga bitta men emas, hamma qarşi çiqyapti”, – deydi u.
Qidiruv işlaridan keyin marhumning jasadi şu kuni soat 23:00lar atrofida 16-şahar şifoxonasining orqa tomonidan (erkak suvga tuşgan joydan taxminan 3,5 km masofada) topilgan.
Marhumning turmuş örtoği Surayyo Mahkamova, fojiadan keyingi kunlarda ham, xususan 7 may kuni bir neçta maktab öquvçilari kanalda çömilgani, bu haqda ogohlantirib 102 ga qönğiroq qilganida esa xodimlar kelmaganini aytdi.
“Xöjayinim ötganlaridan keyin, 7 may kuni ketma-ket bolalar kelib çömilmoqçi bölyapti. Ikkitami bola keldi. Armaturaga arqon boğlab, suvga tuşyapti. Birinçi kuni haydadik. Ertasiga yana keldi. Öşa kuni 02 qildim. “Bir neça kun oldin şu yerda xöjayinim vafot etdi, bolalar çömilyapti, kim nazorat qiladi, bu yerda nimadir bölsa, ota-onasi kuyadi” dedim. Lekin heç kim kelmadi, telefon qilmadi. Neçta ölimni kutişyapti? Bilmayman.
Bu yerda xavfsizlikni ta’minlaş kerak. Baxtsiz hodisalar bölganda, uşlab çiqadigan nimadirlar qiliş kerak. Xöjayinim çömiliş uçun tuşmadi-da, qizni qutqaraman deb şunaqa bölib ketdilar. [Rekonstruksiyadan] oldingi şaroit bölganda çiqardilar. 4 ta qiz bölganda, hammasini daraxting ildiziga osilib bölsayam olib çiqardilar. Suzişni juda yaxşi bilardilar”, – deydi marhumning ayoli.
U turmuş örtoği vafot etgandan keyin, heç kim xabar olmaganini aytadi.
“Faqat maktab öğlimga taşakkurnoma beribdi. Mahallamdagi bir odam qutqarganing uçun deb 500 ming söm kartasiga tuşiribdi”, – deydi u.
Bolalarni qutqarişda jonbozlik körsatgan Darya Grapinenkova va Aleksandra Maxsudova kanal böyini obodonlaştiriş, uni sayr zonasi qiliş bahonasida minglab daraxlar kesilgani, mutasaddilar mahalla ahlini eşitmayotganini aytdi.
“Kanal böyidagi daraxtlarni inventarizatsiyadan ötkaziş kerak edi, lekin kanalda bitta ham daraxt qolmadi. Bizni ogohlantirişmadi. Işlar tun-u kun davom etdi. Bu bunga qarşi edik. Ammo, hammaning har doim bunga köz-quloq bölişi imkonsiz. Odam ölgandan keyin tösiqlar qöyişdi, lekin agar körsangiz, törni çökkan odamning uyidan bizning uyimizgaça örnatişgan. Kanalning boşqa joylarida hozir ham tör yöq.
Hozir [qaziş işlari sabab, suv böyiga] yuqoridan pastga tuşiş juda qiyin bölib qolgan. Şu baxtsiz hodisa röy berayotganda ham odamlar keldi, lekin ular yordam beriş uçun pastga tuşolmas edi”, – deydi Aleksandra Maxsudova.
Darya Grapinenkova mahalla ahli kanalda ketayotgan obodonlaştiriş va uni sayr zonasiga aylantiriş uçun mutasaddilar bilan 2017 yildan beri nizolaşayotganini aytdi.
“Biz şu yil 27 aprelda bu yer xavfli bölib qolganini, jarliklar borligini aytib, Senat, hokimiyat, Boş prokuratura va Yakkasaroy tumani prokuraturasiga murojaat qildik. Mahallamizning barça aholisidan imzo yiğib, arizalar yozdik. Quruvçilar obodonlaştiriş amalga oşirilayotganini aytişdi, lekin heç qanday hujjatlar taqdim etilmadi. Hamma xabardor edi, nimalar sodir bölayotganini körişdi, ammo heç kim çora körmadi. Bu yerga buldozerlar, ekskavatorlar bilan kelişdi. Biz qarşilik qildik, lekin ekskavatorni ustimizga haydaşdi.
Börijar kanali. 2024 yil 30 sentabr va 2025 yil 28 fevral kuni olingan suratlar / Google Earth
Bu yerda taxminan mingta daraxt bor edi. Kanal böyida velosipedlar yölagi, kafe va dökonlar, sayr zonasi bölarkan, xuddi Seul Mun köçasi kabi. Lekin loyihani körsatişmadi. Agar loyiha tasdiqlangan bölsa, demak, bu hudud uçun hujjat bölişi kerak. Biz şu yerda yaşaymiz, nima bölişi, qanday bölişini bilişni xohlaymiz”, – deydi Grapinenkova.
Kun.uz kanalda ketayotgan quriliş işlari yuzasidan boş pudratçi “Töpalang HPD Holding” MÇJ vakili bilan boğlandi, lekin u loyiha haqida ma’lumot bera olmadi.
Buyurtmaçi – Toşkent şahar hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi Kun.uz'ga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 1-bosqiçda Börijar kanalining Seul köçasidan Çöponota köçasigaça bölgan 3,2 kmdan iborat qismidagi qirğoqlari va özanlari mustahkamlanadi. Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 724-sonli yopiq qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, kanal qirğoqlarining yemirilişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni barvaqt bartaraf etiş va aholi xavfsizligini ta’minlaş hamda ularni xavfsiz hududlarga köçiriş, köçki va yemirilişlar takrorlanişining oldini oliş uçun kanal qirğoqlari va özanlarini mustahkamlaş, şuningdek, kanal böyini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş orqali sayilgoh, dam oliş va boşqa köngiloçar maskanlar hamda xiyobonlar barpo etiş belgilangan.
Loyiha qiymati 140 mlrd sömga baholanib, mablağlar respublika budjetidan ajratilgan.
Buyurtmaçi ayni paytda vujudga kelgan jarliklar bartaraf etilişi, hudud xavfsiz bölişini aytdi. Ammo boşqa tafsilotlarni oçiqlamadi.
Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi Gazeta.uz'ga bergan izohida, rekonstruksiya işlari davomida xavfsizlik talablari buzilganini tasdiqlagan. Ma’lum qilinişiça, inspeksiya xodimlari bu qurilişni muntazam ravişda tekşirib, xavfsizlik çoralari, jumladan, tösiqlar, ogohlantiruvçi belgilar örnatiş va xavfli hududlarga kirişni çeklaş işlarini nazorat qilib kelgan. Pudratçi va buyurtmaçiga obektda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça bir neça bor yozma körsatmalar berilgan.
“Şunga qaramay, pudratçi tomonidan baxtsiz hodisalarning oldini oliş uçun zarur bölgan barça talablar bajarilmagan, bu esa xavfsizlik çoralarining buzilişiga olib kelgan. Xususan, iş vaqti tugagandan söng obektni qöriqlaş va çeklovlarga rioya etilişini nazorat qiliş yölga qöyilmagan, ogohlantiruvçi belgilar va tösiqlar töliq hajmda örnatilmagan yoki tegişli darajada saqlanmagan. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan inspeksiya tomonidan amaldagi qonunçilikka muvofiq çoralar köriladi, jumladan, mas’ul şaxslarga nisbatan ma’muriy jazo çoralari qöllanadi”, – deyiladi nazorat organining axborotida.
Voqea OAVda yoritilgaç, 20 may kuni Boş prokuratura tergovga qadar tekşiruv olib borilayotganini ma’lum qildi. Idora öz axborotida voqeada jasorat körsatgan marhumning yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirgan.
Börijar kanalining ayrim qismlari hamon aholiga xavf tuğdirmoqda.