Arizani DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin.

Foto: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Talabalar turar joyi axborot tizimi»ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Endi 1-kurs talabalari davlat oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza yuborishi mumkin.