Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi xabariga köra, haykal muallifi Konstantin Zeniç bölib, u şoir Usmon Nosirning öziga xos siymosini yarata olgan.

Özbekiston delegatsiyasi Mariinskdagi örmonzor qaridagi qatağon qurbonlari mozorida dafn etilgan Usmon Nosirning qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilinib, ötganlar xotirasi yod etildi. Şoirning qabriga gullar qöyildi. 

Foto: Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi

Tadbirda Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Tsivilyov, Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Botir Asadov, Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayid va Novosibirskda ta’lim olayotgan özbekistonlik talabalar, xorijda yaşayotgan vatandoşlar, mahalliy ijodkorlar va Kemerovo viloyati Mariinsk şahrining keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Foto: Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi

Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan viloyatida tuğilgan. Moskvadagi Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida (1929-30 yillar) va Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining til va adabiyot fakultetida bir munça muddat tahsil olgan (1933-34 yillar). 

«Quyoş bilan suhbat», «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi şe’riy töplamlari, «Norböta» va «Naxşon» (1934) dostonlari naşr etilgan. «Atlas» (1935) pesasi öz vaqtida havaskorlar teatri sahnasida qöyilgan. A.Puşkinning «Boqçasaroy fontani», M.Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlarini özbek tiliga tarjima qilgan. 

Foto: Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi

Usmon Nosir 1937 yil 13 iyulda «xalq duşmani» sifatida hibsga olinib, dastlab Magadan, söngra Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonalarga yuborilgan va 1944 yil 9 martda öşa yerda vafot etgan.

Foto: Özbekiston yozuvçilari uyuşmasi