Kelgusida respublikadagi barcha temiryo‘l vokzallarida bosqichma-bosqich bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilinadi.

Foto: Transport vazirligi
Bugungi kunda Toshkent-Janubiy hamda Samarqand va Namangan vokzallarida bir bosqichli nazorat punkti orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Endilikda, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida ham yo‘lovchilar uchun bunday qulayliklardan keng foydalanish imkoniyati yaratildi.
Kelgusida respublikadagi barcha temiryo‘l vokzallarida bosqichma-bosqich bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilinadi.