Fan-texnika | 15:32 / 08.09.2023
52548
2 daqiqa o‘qiladi

Lotus 905 ot kuchiga ega Emeya elektromobilini namoyish qildi

Bu kompaniyaning so‘nggi 30 yildagi ilk sedani hisoblanadi.

Foto: Lotus

Lotus kompaniyasi to‘liq elektrda harakatlanadigan to‘rt eshikli flagman sedani Emeya’ni taqdim qildi. Avtomobilni ishlab chiqarish 2024 yildan boshlanadi. Bu kompaniyaning 90-yillar boshida chiqargan Carlton modelidan keyingi ilk sedani bo‘ldi.

Avtomobil ikkimotorli bo‘lib, ular birgalikda 905 ot kuchini bera oladi. Emeya’ga 0 dan 100 km tezlikka chiqishi uchun 2,78 soniya kifoya qiladi. Uning maksimal tezligi soatiga 256 km. Emeya’ning batereyasi sig‘imi esa 102 kWh’ni tashkil qiladi. 350 kilovattli zaryadlash imkoniyati avtomobilni 5 daqiqada 150 kilometrga yetadigan elektr zaxirasi bilan ta’minlab beradi. 18 daqiqa ichida batareyani 80 foiz quvvat bilan to‘yintirish mumkin.

Emeya dizaynida ingichka qilib ishlangan faralar va kuzovning yukxonasi ustidagi spoylerlar yaqqol ajralib turadi. Eshik tutqichlari xuddi Tesla modellariniki kabi ishlangan. Kompaniyaning ta’kidlanishicha, model salonida alkantara, Nappa terisi hamda qayta ishlangan tolalardan foydalanilgan. Auditizimga KEF brendi karnaylari javob beradi.

Narxlar haqida hozircha ma’lumot berilmadi. Lotus model haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni 2023 yilning 4-choragida e’lon qiladi. 

Mavzuga oid