Lotus kompaniyasi öz tarixida eng tez fuqaro avtomobilini barpo etdi. Evora modelining GT430 Sport modifikatsiyasi şunday natijaga sazovor böldi.
Sportkarga 3.5 l mexanik kuçaytirgiçli, 6 silindrli motor örnatilgan. 436 ot kuçiga ega böladi. U joyidan 100 km/soat tezlikka erişişi uçun 3,6 soniya sarflaydi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni taşkil etadi.
Şu yilning iyul oyida kompaniya Evora GT430 trek namunasini namoyiş etgan edi. U karbonli kuzovining aerodinamik obvesiga ega bölgandi. Ayni avtomobil Sport namunasida obvesidan mahrum bölgani sababli 10 kgga yengillaşdi. Endilikda uning vazni 1248 kilogramm bölib, quvvatning vaznga nisbatan nisbati bir tonnaga 345 ot kuçini taşkil etmoqda.

Eng yuqori tezlikda kuzovning bosiliş kuçi Sport namunasida 100 kilogramm. Odatdagi GT430 sportkarining bu boradagi körsatkiçi soatiga 305 km tezlikda 250 kilogrammdir. Şu bilan birga, Evora GT430 Sport trekli namunasidan boşqariluvçi Öhlins amortizatorlarini saqlab qoldi. 4 porşenli tormoz, yuqori işqalanuvçi differensial va sozlanuvçi trekşn-kontrol şular jumlasidan.

Buyuk Britaniyada Evora GT430 Sport kupesi 104,5 ming funt sterling (1 mlrd 98 mln 960 ming söm-joriy kursda) turadi. Avtomat uzatmalar qutisi uçun yana 2,6 ming, Sparco örindiği uçun 3,5 ming, konditsioner 1,5 ming, finjonqöygiç 120 funt (jami 7720 funt- 81 186 100 söm) tölaş kerak böladi.










