Britaniyaning Lotus kompaniyasi yil yakunlariga köra, 1970-yillardan beri ilk marotaba operatsion daromad oladi. Bu haqda avtomobil işlab çiqaruvçisi rahbari Jan-Mark Jalga tayangan holda Auto Express naşri xabar bermoqda.
Lotus’ning ijobiy moliyaviy ahvoli AQŞda britaniya kompaniyasining Evora 400 sportkari sotilişi bilan boğliq. Model Şimoliy Amerika bozorida avgustda paydo bölib, ayni kunlarda «Lotus» avtomobillarga buyurtma qabul qilmoqda. Ular mijozlarga 2017 yilning martida yetkazib beriladi.
Şuningdek, Jalening sözlariga köra, daromad xodimlar sonini qisqartiriş va işlab çiqariş hajmini oşiriş orqali ham kelgan.
«Hozirda bizda deyarli 800 ta xodim bor. Yillik işlab çiqariş miqdori esa 2000 avtomobilni taşkil qiladi. Şu bilan bir qatorda, bu maşinalarning sifati avvalgidan ança yaxşi», - ma'lum qildi Jale. Ma'lumot uçun, u lavozimni egallaşidan avval Lotus’da 1200 kişi mehnat qilib, bir yilda 1200 avtomobil çiqarilgan.
Eslatib ötamiz, Jan-Mark Jale Lotus’ga PSA Peugeot Citroen guruhidan kelgan. U yerda direktorlar kengaşi a'zolaridan biri bölgan Jale Aslam Fariqulni aliştirdi.












