13:33 / 19.09.2023
6475

Putin oziq-ovqat embargosini 2024 yil oxirigacha uzaytirdi

Embargo Yevropa Ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Albaniya, Chernogoriya uchun amal qiladi.

Foto: kremlin.ru

2014 yilda sanksiyalarga javoban kiritilgan Rossiya oziq-ovqat embargosi 2024 yilgacha uzaytirildi.

Bu haqda huquqiy axborot veb-saytida joylashtirilgan prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan farmonda aytilgan.

«Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2014 yil 6 avgustdagi 560-sonli «Rossiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ayrim maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarni qo‘llash to‘g‘risida»gi farmonida nazarda tutilgan ayrim maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha uzaytirilsin», deyiladi hujjat matnida.

Embargo doirasida iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga qaror qilgan davlatlardan go‘sht va sut mahsulotlari, baliq, sabzavot, meva va yong‘oqlarni mamlakatga olib kirish taqiqlanadi. Embargo Yevropa Ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Albaniya va Chernogoriyaga tegishli. 

Mavzuga oid
Top