Senatning qirq beşinçi yalpi majlisida senatorlar “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunni muhokama qildi. 

Mazkur qonun asosida pedagoglarning öz kasbiy faoliyatini yuritişi uçun taşkiliy-huquqiy şart-şaroitlar yaratilib, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanişi va huquqlari amalga oşirilişi uçun kafolatlar berilişi közda tutilgan.  

Qonunda pedagoglar öz kasbiy faoliyatini amalga oşirişi uçun ularning huquqlari qat’iy belgilab qöyilmoqda. Xususan, pedagoglar kasbiy faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilişini talab qilişi, qonunçilik hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olişi, ta’lim taşkilotini boşqarişda, şuningdek ta’lim taşkilotining faoliyati bilan boğliq masalalarni muhokama qilişda iştirok etişi, öz kasbiy faoliyatiga ğayriqonuniy ravişda aralaşuvdan himoyalaniş hamda ta’lim oluvçilar va ularning ota-onalari tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bölişini talab qiliş huquqlarga ega böladi.

Qonunga pedagogning öz kasbiy faoliyatini amalga oşirişi çoğida uning kasbiy faoliyatiga aralaşiş, kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş, kuz-qiş davrida va işlanmaydigan bayram kunlarida ta’lim taşkilotida navbatçilikka jalb etiş, pedagogning zimmasiga tovarlar va xizmatlarni sotib oliş majburiyatini yuklaş, şu jumladan lavozim maoşidan uning roziligisiz tovarlar va xizmatlar uçun mablağ uşlab qoliş kabi taqiqlanadigan holatlar kiritilmoqda.

Bundan taşqari, qonunda pedagogik etika qoidalari, pedagoglarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, ular attestatsiyadan ötişi va malaka toifalarini olişlari belgilanmoqda. Pedagogik etika qoidalari ta’lim taşkilotlari uçun Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan işlab çiqiladi.

Şuningdek, qonun bilan pedagogning mehnatiga haq tölaş böyiça qoidalar mustahkamlanyapti. Unga köra, mehnatning alohida şaroitlarida, respublikaning olis hududlarida hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalarida işlaydigan pedagogga ustamalar belgilaş nazarda tutilmoqda. Jumladan, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) uçun bazaviy lavozim maoşining 30 foizigaça, fan doktori (DSc) va professor ilmiy unvoniga ega şaxslar uçun bazaviy lavozim maoşining 60 foizigaça har oylik ustama tölanişi alohida körsatib ötilmoqda.

Şuningdek, pedagoglarni ijtimoiy himoya qiliş kafolatlari nazarda tutilyapti. Xususan, pedagoglar uçun qisqartirilgan iş vaqti, davomiyligi köpi bilan ellik olti kalendar kundan iborat bölgan haq tölanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Qolaversa, ularga respublikaning olis hududlarida uy-joylarni ijaraga olganlik uçun har oylik kompensatsiya tölanişi, kasb egalarining farzandlari davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlariga imtiyozli röyxatga asosan qabul qilinişi, davlat soğliqni saqlaş muassasalarida davlat ta’lim taşkilotlari pedagoglarini majburiy bepul tibbiy körikdan ötkaziş belgilanmoqda.