Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
2025 yil 1 sentabrdan boşlab tadbirkorlik sub’yektlarini “yaşil tadbirkor” sifatida e’tirof etiş yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvçi platforma işga tuşiriladi:
a) quyidagi yönalişlarda belgilangan körsatkiçlarni bajargan tadbirkorlik sub’yektlariga “yaşil tadbirkor” maqomini beriş:
kökalamzorlaştiriş, jumladan, korxonani “yaşil belboğ” bilan öraş, suğoriş tizimlarini örnatiş, tomçilatiş, yomğirlatiş va konteynerli (qopli) suğoriş tizimini joriy qiliş;
energiya tejamkorligi, jumladan, energiya tejovçi uskunalar va texnologiyalarni joriy qiliş;
korxonaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytiriş, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga taşlamalarni onlayn monitoring qiliş tizimini joriy etiş;
işlab çiqarişga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qiliş (7R) tamoyilini tatbiq etiş;
b) “yaşil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi qöllab-quvvatlaş çoralarini qöllaş:
“Şaffof quriliş” platformasida ustuvorlik beriş;
muayyan muddat davomida ekologik tekşiruvlardan ozod etiş;
xalqaro bozorlarga çiqiş uçun qöllab-quvvatlaş;
tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi doirasida qöşimça ball beriş.







