Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda ilk bor YeI davlatlari TIV rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Kiyevdagi uchrashuvi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi birinchi uchrashuvdir. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Borrel uni «tarixiy» deb atadi.
Jozep Borrel va Dmitriy Kuleba Foto: Friedemann Kohler/picture alliance/dpa
Kiyevda 2 oktyabr, dushanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat tashqi ishlar vazirlari norasmiy sammitga yig‘ildi. Bu Yevropa Ittifoqidan tashqarida bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajadagi birinchi bunday uchrashuvdir.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel uni «tarixiy» deb atadi va Ukraina Yevropa Ittifoqining bo‘lajak a’zosi ekanini qo‘shimcha qildi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Ukraina poytaxtida ekanini Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan biri 2 oktyabr kuni ertalab jurnalistlar so‘roviga javoban tasdiqladi.
Reuters xabariga ko‘ra, Kiyevdagi norasmiy sammitda Yevropa Ittifoqining Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlash rejalashtirilgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan uchrashuv haqida faqat uning boshlanishidan oldin e’lon qilingan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
13:00 / 20.01.2026
Yevroittifoqning Grenlandiya bo‘yicha favqulodda sammiti 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
08:30 / 19.01.2026