Iqtisodchi Yuliy Yusupov issiqxonalarning gazdan ko‘mirga o‘tkazilayotgani masalasida xavotir bildirib, ular “falokat yoqasida” ekanini ta’kidladi.
Uning Meva-sabzavot yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 5,2 ming gektar maydonda 6 mingdan ortiq issiqxona faoliyat yuritadi. Ularda 600 mln dollarlik mahsulot yetishtiriladi, shundan 300 mln dollari eksport ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu tarmoqda 35 mingdan ortiq kishi ishlaydi.
“Bugungi kunda sohaning asosiy muammosi shundaki, rasmiylarimiz negadir ularni gazdan ko‘mirga o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Bu hayratlanarli. Chunki, a) issiqxonachilar hissasiga mamlakatda iste’mol qilinayotgan gazning 1 foizi to‘g‘ri keladi va bu gaz balansiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi; b) ular gaz uchun to‘lov qilishgan, to‘lashyapti va eng yuqori tariflarda ham to‘lashga tayyor.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, ko‘mirga o‘tish ko‘plab ishlab chiqarish obektlarining rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni yopishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ko‘mirda ishlaydigan uskunalarga sarmoya kiritilishi tarmoqning qarz yukini yanada oshiradi. Tarmoqqa allaqachon 1 mlrd dollar (mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti 80 milliard dollarga teng) qarz jalb qilingan”, – deya ta’kidladi Yuliy Yusupov o‘zining Telegram-kanaliga joylashtirgan postida.
“Issiqxona xo‘jaliklari bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlari yakuniga yetmoqda”
Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Energetika vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlari yakuniga yetmoqda.
Vazirlikning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bunda, issiqxona xo‘jaliklari ehtiyoji uchun 2023-2024 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gazni quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda yetkazib berish ko‘zda tutilgan:
- birinchidan, issiqxona xo‘jaliklarining tabiiy gazdan debitor qarzdorligini so‘ndirish hamda tabiiy gaz uchun belgilangan to‘lovni oldindan amalga oshirish;
















