Özbekiston prezidentining 24 noyabrdagi «Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida»gi PF–229-son farmoniga muvofiq, Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxona xöjaligi obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş böyiça şartnomalar tuzişni taşkil etiş belgilangan.

Şu asosda «Hududgazta’minot» AJ tomonidan issiqxona xöjaliklari bilan uç tomonlama şartnomalarni rasmiylaştiriş jarayonlari izçil olib borilmoqda.

Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilgan Toşkent şahar va unga tutaş hududlardagi 68 ta issiqxona xöjaligiga (jami 173,1 gektar maydonda) belgilangan tartibga köra tabiiy gaz yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzilgan va hozirda ularga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.

Bundan taşqari, Zangiota tumanidagi 34 ta va Qibray tumanidagi 66 ta issiqxona xöjaligi bilan «issiqlik energiyasini yetkazib beriş» böyiça şartnomalar tuzilgan. Uşbu şartnomalar asosida issiqxonalarga belgilangan miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berilayotgani qayd etilgan.

Hozirda tabiiy gaz tarmoğiga ulangan barça issiqxonalarga «zangori yonilği» uzluksiz va belgilangan me’yorlarda yetkazib berilayotgani ma’lum qilinmoqda.