AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani kiçik Robert Kennedi 9 oktyabr kuni kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida qatnaşinini e’lon qildi. Avvaliga u demokratlar praymerizida qatnaşib, Jo Baydenga raqobatçi bölmoqçi edi, lekin qaraşlari respublikaçilar orasida maşhurlikka erişgaç, mustaqil nomzod bölişga qaror qildi.
Rossiyaning «Meduza» mustaqil naşri sörovi bilan Amerika haqidagi One Big Union telegram-kanali muallifi Yan Veselov Kennedi haqida maqola yozdi. Unda mamlakatdagi eng katta ta’sir doirasiga ega oila vakili uyidan haydalgani, nega qarindoşlari tomonidan qöllanmasligi va saylovdagi imkoniyatlari haqida söz boradi.
Ikkita suiqasd, narkotiklar va ekofaollik
AQŞ tarixidagi eng maşhur prezidentlardan biri Jon Kennedini 1963 yil – birinçi muddati yakunlanişi arafasida otib öldirişadi. Bu voqeadan 5 yil ötib, Robert 14 yoşga kirgan vaqtda yana bir qotil endi uning otasi Bobbi Kennedini ham öldiradi. Öşa vaqtda Bobbi Kennedi prezidentlik saylovida öz nomzodini qöygan va Demokratik partiya praymerizida ğolib bölişiga yaqin qolgandi.
Otasi va amakisining öldirilişi Robertga jiddiy ta’sir qiladi. Siyosatçi har ikki holat böyiça rasmiy xulosani rad etib, qotilliklarga Markaziy razvedka byurosining aloqasi bor deb hisoblaydi.
Bobbi Kennedining dafn marosimidan ikki hafta ötib qayğuga tölgan oila kayfiyatsiz holatda Robertning akasining tuğilgan kuni munosabati bilan dasturxon yozadi. Robert hazillaşib içimliklarga holsizlantiradigan dori qöşib qöyadi. Öşa vaqtda 12-farzandiga homilador bölgan azador onasi Etelning jahli çiqib «Uydan çiqib ket, hayotimdan daf böl», deb öğlini haydab soladi.
Ona öğlini xususiy maktab internatga berib, öqişi davomida biror marta ham uni körgani bormaydi. Robertni yomon xulqi va narkotik iste’mol qilgani uçun ikki marta öqişdan haydaşgaç, u özini otaliqqa olgan oila bilan yaşaşga majbur böladi.
1970 yilda 16 yoşli Robert Kennedini marihuana çekkani uçun qölga olişadi. Faqat senator amakisi Edvard Kennedining aralaşuvidan keyin ösmirni sinov muddati bilan qöyib yuborişadi. Narkotik iste’mol qilişiga qaramay, Robert Harvard universitetiga öqişga kirib, tarix va adabiyot böyiça bakalavr diplomini oladi. Keyin esa huquqşunoslikka öqiydi.
Robert 1982 yilda Nyu-York okrug prokuraturasiga işga kiradi, ammo huquqşunoslik litsenziyasiga imtihondan ötolmagani uçun köp ötmay işdan ketadi. Maktab davridanoq geroin iste’mol qila boşlagan Robert 1983 yil narkotik ta’sirida samolyotda mazasi bölmay qolgaç, yana qölga olinadi. Ammo bu gal ham qamoqdan qutulib qoladi. Unga axloq tuzatiş jazosi qöllanadi. Özining aytişiça, geroin iste’mol qilişdan qutuliş uçun unga 14 yil vaqt kerak bölgan.
Mavzuga oid
Robert jazoni ötaş davrida Natural Resources Defense Council (NRDC) ekologik huquqbonlar taşkilotida volontyorlik qila boşlaydi. Huquqşunoslik litsenziyasini olgaç, taşkilotda işda qoladi. Faoliyati davomida bir qator işlab çiqariş loyihalari tabiatga zarar yetkazişini isbotlab, ularning töxtatilişiga erişadi. Şuningdek, AQŞ va Lotin Amerikasidagi tub aholi huquqlarini himoya qiliş bilan ham şuğullanadi.
Kiçik Robert Kennedi 1994 yil oktyabrida
Barbara Alper / Getty Images
2000-yillarga kelib Kennedi ekologik huquq böyiça AQŞdagi yetakçi mutaxassislardan biriga aylanadi. U asos solgan Kennedy&Madonna şirkati ConocoPhilips neft kompaniyasi, Ford Motor Company avtokompaniyasi va DuPont kimyoviy şirkatlari bilan atrof-muhitni zararlaş masalalarida muvaffaqiyatli sudlaşadi.
Öz oilasi ham qoralaydigan antivakser (emlaşga qarşi inson)
Kiçik Kennedining nutqida xirillaş şaklidagi muammo bor. Bu kasallik siyosatçida 40 yoşlarida paydo bölib, oxirgi yillarda ayniqsa qattiq sezilmoqda. Odamlar orasida nutqiy nuqson hisoblanmiş disfoniya grippdan emlaş oqibatida kelib çiqişi haqida miş-miş yuradi va Robert bu haqida ommaviy tarzda gapirgan.
1994 yilda kiçik Kennedi va ikkinçi xotini Meri Riçardsonning oilasida öğil farzand Konor dunyoga keladi. Keyinroq bolada yeryonğoqqa allergiya borligi aniqlanadi. Şu sabab unda bir neça marta anafilaktik reaksiya kuzatiladi. Kennedi va xotini bu muammoni örganişga kirişib, hatto Food Allergy Initiative nomli yegulikdan kelib çiqadigan allergiyalarni örganuvçi fond oçişadi.
Riçardson «Yeryonğoqdan allergiya epidemiyasi» nomli kitob yozib, bunday turdagi allergiya kelib çiqişining sabablaridan biri – bolalar uçun yangi vaksina ekanini aytadi. Robert xotini yozgan kitobga kiriş sözi yozgan.
2005 yilda Kennedi yana bir tibbiy muammoni kötarib, Rolling Stone jurnali saytida bolalarni emlaşda işlatiladigan vaksinalarda konservant sifatida işlatiladigan tiomersal autizmga olib kelişi mumkinligini yozadi. Keyinroq tahririyat maqola matnidagi xatoliklar tufayli uçun öçirilganini ma’lum qiladi. Siyosatçi esa maqola farmatsevtika kompaniyalari bosimi bilan öçirilgan deb hisoblaydi.
2014 yilda kiçik Kennedi bu mavzuni davom ettirib kitob yozadi va unda «emlaş oqibatida kelib çiqadigan autizm»ni xolokostga qiyoslaydi. Bir yil ötib siyosatçi vaksina, xlorlangan suv, paratsetamol, Wi-Fi, 5G tizimlari autizm, saraton, autoimmun kasalliklari, allergiya keltirib çiqarişi haqida maqolalar e’lon qiluvçi World Mercury Project loyihasiga qöşiladi.
2016 yilda Robert farmatsevtika kompaniyalari emlaş xavfini yaşirişda ayblangan «Vaksiyaga balosi» kitobining hammuallifiga aylanadi. U emlaşga qarşi emasligi, şunçaki vaksinalar çuqurroq örganilib, sinovdan ötkazilişi kerakligini aytgan bölsa-da, bu borada köp marta ilmiy tadqiqotlarga zid ma’lumotlar tarqatgan.
Bundan taşqari, Robert Kennedi odamlarning antidepressantlar qabul qilişini maktablardagi ommaviy otişmalar ortgani bilan boğlagan. 5G aloqasi esa, uning fikriça, inson DNKsiga salbiy ta’sir qilib, onkologik kasalliklar keltirib çiqaradi. Yana bir intervyusida Kennedi Wi-Fi tarmoğining nurlanişi inson tanasidagi gematoensefalik tösiqlarni oçib, tanadagi toksinlar miyaga ham tuşişi mumkinligini aytadi.
Koronavirus pandemiyasi boşlangaç, Kennedi faol tarzda ommaviy emlaşga qarşi çiqadi. Uning fikriça, majburiy emlaş «insonni qulga aylantiradi». Kennedi hatto natsistlar Germaniyasidagi Anna Frankning (uruş vaqtida konslagerga taşlangan germaniyalik yahudiy qiz) emlaşga qarşi bölgan amerikaliklardan köproq huquqi bölganini aytib, noodatiy metafora qiladi.
Pandemiya vaqtida kiçik Kennedi yana bir ğalati gap aytadi. Uning taxminiça, koronavirus göyoki insonlarni «etnik guruhlarga ajratiş»ga yönaltirilgan. Siyosatçi virusdan köproq yevropoidlar va qora tanlilar zararlanayotgani, hammadan kam esa xitoyliklar va aşkenaz yahudiylari (Şarqiy Yevropa yahudiylari) jabrlanganiga e’tibor qaratgan. U keyinroq Jo Baydenga xat yozib koronavirusga majburiy emlaş 1,5 mingdan ortiq ölim holatiga olib kelganini aytgan.
Kiçik Kennedi pandemiya vaqtida AQŞda eng maşhur odamlardan biriga aylangan mamlakat boş infeksionisti Entoni Fauçiga ham «hujum qilgan». U yozgan kitoblaridan birida Fauçini göyoki insoniyatni boşqarişni istayotgan Bill Geyts va yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqin munosabatda ekanini aytib, «Ğarb demokratiyasiga qarşi davlat töntarişi»da ayblagan. Kennedi öşa kitobida OIV va OITS örtasida aloqadorlik borligini ham rad etgan.
Kennedi yirik media kompaniyalar bilan şaxsan sudlaşgan ham. 2021 yil Instagram akkaunti vaqtinça bloklab qöyilgaç, Kennedi ijtimoiy tarmoqni senzurada ayblaydi. Uning fikriça, sahifasi Amerika hukumati talabi bilan bloklangan. Facebook, Google, The Washington Post kabi media gigantlarni ham sudga bergan.
Xususan, WP gazetasini ğalati ayblov bilan sudga beradi. Uning da’vosiga köra, naşr göyoki pandemiyadan katta foyda körayotgan Amazon foydasiga bu haqda indamgan. Kennedining köplab qarindoşlari uning bu fikriga qöşilmaydi. Hali koronavirus haqida gap bölmagan 2019 yildayoq Robertning singlisi Ketlin Taunsend, ukasi Jozef Kennedi II va jiyani Meyv Makkin uning emlaş borasidagi pozitsiyasini qöllamasligini aytib bayonot bergandi.
2020 yil siyosatçining yana bir jiyani, şikofor Kerri Melser NYT gazetasida uni koronavirusga qarşi emlaşga nisbatan pozitsiyasi uçun tanqid qiladi. Koronavirus etnik ajratişga xizmat qilayotgani haqida ğalati bayonotini esa singlisi Kerri va jiyani Jozef Kennedi III tanqid qiladi.
Prezidentlikka nomzod törtinçi Kennedi
Robert Kennedi AQŞ prezidentligiga nomzodini qöyişi va demokratlar praymerizida qatnaşişi haqida 2023 yil aprel oyida ma’lum qilib, şu tariqa Kennedilar oilasidan prezidentlikka nomzod bölgan törtinçi a’zoga aylangandi. Praymerizda demokratlar yetakçisi Jo Baydenni yengişi kerak bölgan 69 yoşli Robert Kennedi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida hamon yaxşi jismoniy holatda ekani aks etgan surat joylaydi. U şu tariqa göyoki qarib qolgan Baydenni yengişiga işora qiladi.
Bu bayonotidan keyin ötkazilgan ilk ijtimoiy sörovlarda Robert Kennedining reytingi 20 foizdan oşadi. Ammo unga asosiy maşhurlikni familiyasi keltirayotgandi. Masalan, sörovlardan birida 40 foiz odam uni dadasi bilan adaştirib yuborgan. Saylov kampaniyasi davomida demokrat saylovçilar uning qaraşlari haqida ma’lumotga ega bölgaç, reytingi ikki baravar tuşib ketadi.
Uning ba’zi qaraşlari demokratlarnikiga butunlay zid ham. Masalan, Baydenni migratsion siyosat va janubdagi çegarani böş qöyganlikda ayblaydi. Uning fikriça, Meksika bilan çegarada devor quriş kerak. Kennedi saylangan taqdirda migratsiya masalasida keskin siyosat olib borişini aytgan.
U homila 15 haftalik bölgandan keyin abortni qat’iy taqiqlaşni qöllaydi. Bundan taşqari, köpotar miltiq savdosi taqiqlanişiga ham qarşi bölgan. Xalqaro masalalarda esa unçalik faol fikr bildirmaydi, ammo Isroilni oçiq qöllaydi. Xuddi Tramp kabi AQŞ Rossiyani provokatsiya qilgan, Ukrainaga harbiy yordamni bas qiliş kerak deb hisoblaydi.
Kennedining bu pozitsiyasini uning qarindoşlari ham qoralagan. Reyting yuqori bölişiga qaramay Demokratik partiya markaziy apparati praymerizda Bayden va raqobatçilar örtasida debat ötkazmaslikka qaror qildi. Kennedi bunga javoban partiya öz tarafdorlarini tanlov huquqidan mahrum qilayotganini aytdi.
Kiçik Kennedining qaraşlari borgan sari konservatorlarga yaqinlaşa bordi. Uning ştabi Respublikaçilar partiyasi homiysi Timoti Mellondan 5 million dollar oldi. Boşqa öngçi donorlar ham katta pullar ötkazib bergan. U tez-tez respublikaçilarni qöllovçi Fox News efirlarida köriniş berdi, Tanker Karlson kabi konservator jurnalistlarning şoularida qatnaşdi. Hatto respublikaçilar iltimosiga köra Vakillar palatasining davlat senzurasiga bağişlangan yiğilişida guvoh sifatida çaqirildi.
Kimga yordam beradi: Trampgami yoki Baydenga?
9 oktyabr kuni kiçik Kennedi AQŞ prezidentligi saylovida mustaqil nomzod sifatida iştirok etişini aytdi. Uning anonsi ham ğalati çiqdi. Avvaliga nutqining matnini yodidan çiqarib qöydi. Keyin matnni suflyorga ötkazişlarini söradi, lekin özi suflyor ekraniga teskari turib oldi.
AQŞda prezidentlik saylovi markazlaşgan tartibda emas, barça hududda alohida ötkaziladi. Mustaqil nomzodlar uçun butun mamlakatdagi byulletenlarda öz nomini kiritiş şartlarini bajariş qiyin böladi. Şu sabab Kennedi katta ehtimol biror kiçik partiya vakili sifatida öz nomzodini körsatadi.
Ekologik qaraşlari inobatga olinsa, Kennedi yaşillar sölçi partiyasidan nomzod sifatida körsatilişi mumkin. Kornel Uest mustaqil nomzod bölişini aytgaç, bu partiya yaqinda nomzodsiz qolgandi. Barça faktorlarni inobatga olib, xolis fikr bildirilsa, Robert Kennedi prezident böla olmasligi haqiqatga yaqin. Çunki mamlakat tarixida mustaqil nomzod heç qaçon saylovda yutmagan. Uning hozirgi reytingi 15 foizdan oşmaydi. Saylovçilar esa ovoz beriş kunida alternativ takliflar haqida boş qotirmaydi.
Ammo bu nomzod bilan boğliq jiddiy intriga bor: u saylovda Jo Bayden yoki Donald Trampga xalaqit berişi mumkin. Bayden jamoasi prezidentning reytingi yuqori bölmagan bir vaqtda har qanday uçinçi nomzod antitrampça «koalitsiya»ni yakson qilişi mumkinligidan xavotirlanmoqda. Bu işni ayniqsa Kennedi familiyali nomzoddan kutiş mumkin.
Uçinçi maşhur nomzod paydo bölgani Tramp jamoasini ham xavotirga solayotgani turgan gap. Axir u ayniqsa respublikaçilar orasida maşhur. Sörovlarga köra Robert Kennediga nisbatan konservatorlarning 60 foizi, liberallarning 30 foizi ijobiy fikrda.
Kiçik Kennedining uç singlisi va ukasi uning nomzodligiga bildirgan munosabatida «Robertning familiyasi xuddi otamizniki kabi, lekin qaraşlari boşqaça», deb aytişgan. Ular kiçik Kennedi Bayden qayta saylanişiga tahdid ölaroq nomzod bölayotganini qoralagan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi