Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida aholi uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi
Piskent tumanida kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi.
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, unda "Ko‘mir ta’minot" MChJning Toshkent viloyati filiali rahbari S.I., ombori mudiri F.X. va boshqalar 2023-2024 yilgi kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 794,2 tonna ko‘mirni Pskent tumani aholisiga yetkazib bermasdan, qalbaki yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:31 / 20.01.2026
Bo‘stonliqda Li9 yo‘lning xandaq qismiga tushib ketdi
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 07.01.2026