Qayd etilishicha, xavf asosan Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlariga qarashli Chotqol tizmasi tog‘larining dengiz sathidan 2000 metrdan yuqori bo‘lgan hududlarida kuzatilishi ehtimol qilinmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish so‘ralmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham fuqarolarni havo sharoiti bilan bog‘liq ogohlantirishlarga befarq bo‘lmaslikka va zarurat bo‘lmaganda xavfli hududlarga chiqmaslikka chaqirmoqda.