Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, shifokorlar qamoqqa olingani rad etildi
Bosh prokuratura holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini bildirgan.
Farhod Mannopov / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan 26 yoshli taniqli vayner va bloger Farxod Mannopov 5 martga o‘tar kechasi vafot etgani haqida xabar bergandik. Bir necha kun oldin basseynda suzish jarayonida burnini sindirib olgan bloger plastik operatsiya qildirmoqchi bo‘lib jarrohlik stoliga yotgan, biroq amaliyot vaqtida komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagani aytilgandi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, blogerning o‘limi bo‘yicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“Farhod Mannopovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi Bosh prokuraturaning bayonotida.
Internetda Farhod Mannopov hayot bo‘lgan vaqtda olingan so‘nggi videolar tarqalmoqda. Ularning birida u poytaxtdagi xususiy klinikalardan biriga plastik operatsiya uchun borgani, operatsiyadan keyin qiyofasi qanday ko‘rinish kasb etishi namoyish etiladi. Videoda shifokorning fikrlari ham keltirilgan bo‘lib, u 20 daqiqa davom etishi rejalashtirilgan jarrohlik amaliyoti davomida qanday kamchiliklar bartaraf etilishi haqida ma’lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, Farhod Mannopovning Instagram'da 1,2 mln obunachisi bor edi. Mediamakonda bachkanalikdan yiroq, xalqchil satirasi bilan tilga tushgan vayner Kun.uz’ning SUBeKTIV loyihasi mehmoni bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
15:15 / 09.12.2025
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
14:42 / 06.12.2025
Lev Shlosbergga nisbatan “feyklar” ishi bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
08:05 / 16.11.2025