Kun.uz marhumning döstlaridan olgan ma’lumotga köra, u jarrohlik amaliyotidan keyin, 5 martga ötar keçasi vafot etgan.

Bir neça kun oldin u basseynda suziş jarayonida burnini sindirib olgandi. Şundan söng operatsiya qilingan, ammo komaga tuşib qolib, öziga kelmagan.

Instagram'da 1,1 mln obunaçisi bölgan Farhod Mannopov özining samimiy vaynlari bilan köplab insonlarga kulgi ulaşgan, obunaçilari mehrini qozongan edi.

Tahririyat marhumning yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.

UPD. Ma’lum bölişiça, Farhod Mannopov Çilonzor tumanidagi Star Med xususiy klinikasida operatsiya qilingan.

Holat böyiça tekşiruv ötkazgan Çilonzor tumani prokuraturasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odamlarning halok bölişiga olib kelişi) jinoyat işi qözğatdi.

Kun.uz suhbatlaşgan prokuratura katta tergovçisi Star Med klinikasida boşqa ölim holatlari ham kuzatilganini inkor etmadi. “Tergov siri bölgani sababli bu haqda ma’lumot bera olmaymiz. Tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, dedi tergovçi Otabek Bekiyev.

Marhumning vafoti yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Soğliqni saqlaş vazirligi şifokorlarning harakati yuzasidan xizmat tekşiruvlari ötkazmoqda.