«O‘zneftmahsulot» AK Toshkent shahrida benzinga navbatlar paydo bo‘lgani sabablarini keltirib o‘tdi

«O‘zneftmahsulot» aksionerlik kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida benzin taqchilligi yuzaga kelgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
Kompaniya saytida oktabr oyining ikkinchi yarmida Toshkentdagi ayrim avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida avtobenzinga navbatlar kuzatilgani tan olingan va bunday vaziyat mijozlarning haqli e'tirozlariga sabab bo‘layotgani aytib o‘tilgan.
Kompaniya mutasaddilari ma'lum qilishicha, benzin taqchilligi bilan bog‘liq noxush ko‘rinishlar «O‘zneftmahsulot» AKga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi omillar o‘laroq yuzaga kelmoqda:
- birinchidan, shahrimizga viloyatlardan qatnayotgan ko‘pchilik avtomobillar egalari chayqovchilik niyatida turli yo‘llar bilan keragidan ortiqcha miqdorda avtobenzin olib chiqib ketishmoqda. Bunday holatning oldini olish maqsadida kompaniyamiz tomonidan “O‘zdavneftgazinspeksiya” va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda;
- ikkinchidan, ayrim shov-shuv ishqibozlari tomonidan aholi orasida - “bundan keyin AYoQShlarda avtobenzin kamayib ketar ekan”, – degan umuman o‘rinsiz xabarning tarqatilayotgani. Bu xususda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi shuni ishontirib bayon qiladiki, yurtimizdagi neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i mahsulotlarini yetarli ishlab chiqarmoqda va bundan buyon AYoQShlarga nafaqat belgilangan miqdorda, balki unga qo‘shimcha miqdorda ham avtobenzin yetkazib berish rejalashtirilmoqda;
- uchinchidan, shuni ta'kidlash lozimki, yuqorida bayon etilgan shov-shuvlarga uchgan avtomobil egalari avtobenzinni keragidan ortiqda xarid qilib, g‘amlab olishga harakat qilishmoqda. Xususan, ayrim avtomobil egalari o‘z uylari yoki garajlarida avtobenzinni zaxira qilib qo‘yishga kirishishgan. Kezi kelganda shuni alohida qayd etish kerakki, xavfli yonilg‘i mahsulotlarining maxsus moslashtirilmagan joylarda saqlanishi ko‘ngilsiz voqealarga olib kelishi mumkin;
- to‘rtinchidan, statistik ma'lumotlardan ko‘rinib turganidek, bunga avtomobillar sonining yildan-yilga ko‘payib borayotganligi ham muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqdaki, mazkur holat, o‘z navbatida, avtobenzin iste'molining borgan sayin ortib borishiga olib kelmoqda, biroq kompaniyamiz tomonidan avtobenzin ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini belgilashda bu omil ham nazarda tutilmoqda;
«O‘zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur vaziyatni barqarorlashtirish uchun neftni qayta ishlash zavodlarida avtobenzin ishlab chiqarish miqdorini mumkin qadar ko‘paytirish, shu jumladan, chetdan qo‘shimcha miqdorda uglevodorod xom ashyosini keltirish va iste'molchilarni avtobenzin bilan tegishli miqdorda ta'minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rayotganligini ma'lum qildi.
«Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari. Sizlardan turli shov-shuvlarga ishonmaslikni va xavotirga berilmaslikni, ehtiyojingizdan ziyod miqdorda yonilg‘i g‘amlamaslikni hamda faol fuqarolik pozitsiyasida turib, yuqorida bayon etilgan omillarning oldini olishda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishingizni, so‘raymiz!», deyilgan «O‘zneftmahsulot» AK rahbariyati tomonidan.
Toshkent AYoQShlarida benzin taqchilligi kuzatilmoqda
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor
Jahon | 21:18
-
Rossiya Davlat Dumasi raisi Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi
O‘zbekiston | 20:57
-
Pokistonda poyezdni garovga olgan jangarilarga qarshi operatsiya yakunlandi
Jahon | 20:53
-
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi
Jahon | 20:21
Mavzuga oid

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025
Qator kompaniyalarga to‘lovlarni elektron shaklda ham qabul qilish majburiy deb belgilandi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

16:26 / 27.02.2025