Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha tibbiyot oliygohlarida «oliy hamshiralik ishi» ochiladi, kvota ikki barobarga oshiriladi
Yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralar ulushini 10 foizga yetkazish maqsadida, kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida «oliy hamshiralik ishi» yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 barobarga oshiriladi. 2027 yildan esa kvotalar eng kamida 20 foizdan izchil oshirib boriladi, oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Sohada kadrlar tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslashtirish doirasida qator choralar belgilandi.
Barcha tibbiyot oliygohlarida «oliy hamshiralik ishi» yo‘nalishi ochiladi. Kelgusi yildan qabul kvotalari ikki barobarga ko‘payadi.
2027 yildan boshlab kvotalar eng kamida 20 foizdan bosqichma-bosqich oshiriladi. Maqsad — yaqin yillarda **oliy ma’lumotli hamshiralar ulushini 10 foizga yetkazish.
Oliy ma’lumotli hamshiralar uchun maoshga 100 foiz ustama joriy etiladi.
Shu bilan birga, o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham yangilanadi. Bu borada Angliyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir hududda bittadan texnikum bazasida xalqaro standartlar asosida o‘qitish boshlandi. Davomiylik sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSh kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.
Kutilishicha, ushbu choralar natijasida xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar korpusi shakllanadi; shifokor bilan yonma-yon ishlaydigan, tashxis, davolash va profilaktikada faol ishtirok etuvchi kadrlar ulushi ortadi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026