Jamiyat | 10:29 / 16.09.2024
18240
1 daqiqa o‘qiladi

Inbazar asoschisi Omadbek Holmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda - Toshkent shahar IIBB

Kun.uz'ga taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, Inbazar asoschisi zo‘ravonlik qilayotgani aks etgan holatlar eski bo‘lib, hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Ayni vaqtda poytaxt IIBB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

«Bu shaxsga nisbatan internetda tarqalgan videolar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. U [videodagi] holatlar eski bo‘lib, muqaddam hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Hozir videoda aks etgan shaxslarning shaxsi aniqlanib, tekshiruv o‘tkazilmoqda», — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotda.

14 sentabr kuni Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yirik savdo markazlaridan biri bo‘lmish Inbazar'ning Sergeli tumanidagi savdo markazi mas’uli Mehroj ismli xodimini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ko‘p o‘tmay tarmoq rahbari videomurojaat qilib, zo‘ravonga jazo ko‘rilishini aytib chiqdi.

Shundan so‘ng, rahbarning o‘zi ishchilariga zo‘ravonlik qilgani, kaltaklagani aks etgan videolar ham tarqaldi. Kun.uz voqealar xronologiyasi to‘liq sharhlagan edi.

Mavzuga oid