Jahon | 12:30 / 01.09.2019
11970
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada Germaniya prezidenti Ikkinchi jahon urushi uchun uzr so‘radi

Foto: Kun.uz

Germaniya Ikkinchi jahon urushidagi jinoyatlar uchun javobgar ekanligini unutmaydi. Bu haqda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Polshaning Velyun shahrida fashistlar hujumining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotirlash tadbirida ma'lum qildi.

«Men Velyunga qilingan hujum qurbonlari oldida bosh egaman. Nemis zolimligi qurboni bo‘lgan polshaliklar oldida bosh egaman. Va kechirim so‘rayman», — dedi Shtaynmayyer nemis va polyak tillarida.

U 1939 yil 1 sentyabrda nemislar jinoyati tufayli Velyunda «do‘zax» boshlanganini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Velyunning bombardimon qilinishi nemis HHKning terrorchilik hujumi bo‘lgan.

Mavzuga oid