Jamiyat | 18:57 / 11.09.2018
37796
2 daqiqa o‘qiladi

FVV: Rossiyada yuz bergan YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan birlamchi ma'lumotga asosan 2018 yilning 11 sentabr kuni soat 07:15 (Moskva vaqti bilan)da Orlovsk oblasti Orlovsk tumani M-2 «Qrim» avtoyo‘lining 322-kilometrida 403-yo‘nalishda harakatlanayotgan PAZ rusumli avtobus bilan DEU «Neksiya» rusumli yengil avtomobilining to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Foto: Rossiya Ichki ishlar vazirligining Orlovsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi

O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida DEU «Neksiya» avtomobilida bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Rossiya Ichki ishlar vazirligining Orlovsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi

Dastlabki ma'lumotga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 sentabr kuni soat 20:30da Lipetsk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi. Buning natijasida, voqea joyida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid