Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma'lumotga asosan, 2018 yilning 6 sentabr kuni soat 20:30da Lipetsk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida «Toyota RAV 4» rusumli yengil avtomobil «VAZ 2106» rusumli yengil avtomobil bilan töqnaşgan. 

Özbekiston FVV xabariga köra, yöl-transport hodisasi natijasida voqea joyida Özbekistonning 5 nafar fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:
1. Axmedov Mavlonbek Raxinbayeviç 1986 y.t;
2. Sapayev Mirzabek Ibodullayeviç 1990 y.t;
3. Samandarov Narimon Alimoviç 1984 y.t;
4. Adambayev Javlonbek Ğulamoviç 1983 y.t;
5. Allaberdiyev Azizbek Qosimoviç 1983 y.t;

Qayd etilişiça, hozirda halok bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadi Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumani şifoxonasida saqlanmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoşlari Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami» (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etişlari mumkin.