Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S-300 effekti. AQSh Suriyada yana F-22 qiruvchilarini qo‘llashi mumkin
Suriyaga Rossiyada ishlab chiqarilgan S-300 zenit raketa komplekslari topshirilganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Suriya Arab Respublikasi hududidagi harbiy harakatlarda yana F-22 qiruvchilaridan foydalanishni boshlashi mumkin. Bu haqda The Drive xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, hozirda Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumati tomonidan nazorat qilinmaydigan hududlarda qiruvchilardan foydalanmoqda.
Shuningdek, nashrning ta'kidlashicha, Damashq C-300’ni qo‘llashni taxminan uch oydan keyin boshlashi mumkin. Bundan tashqari, The Drive ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan taqdim etilgan zenit raketa komplekslari mamlakatning shimoliy-g‘arbiy mintaqasini qamrab olish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI Suriyada jangarilar qurolsizlanishi uchun pul ajratishga tayyor ekani xabar berilgandi.