BMT boş kotibining huquq ustuvorligi va xavfsizlik muassasalari böyiça yordamçisi Aleksandr Zuyevning ma'lum qilişiça, Yevropa ittifoqining köplab davlatlari Suriyada jangarilarni qurolsizlaniş uçun pul ajratişga tayyor turibdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Diplomatning sözlariga köra, Yevropa ittifoqi davlatlari suriyalik qoçqinlar öz yurtiga qaytişidan manfaatdordir. Zuyevning ta'kidlaşiça, bunday dasturni tayyorlaşga bir neça oy ketadi, ammo hali BMT Xavfsizlik kengaşining tegişli mandati va Suriya hukumatidan murojaat yöqdir.
«Men işonçim komilki, köplab ğarbiy Yevropa davlatlari Yaqin Şarq va Suriyadan migratsiya oqimini töxtatişdan manfaatdordir. Bu davlatlar orasida Şvetsiya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Fransiya kabi juda katta donorlar bor», - deya qöşimça qilib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq yetti davlat BMTga Suriya böyiça çaqiriq bilan çiqqandi.
















